- Toshkentdan gapiramiz
- 27.08.2026, 16:39
Toshkent shahridagi oliygohlarda yangi oʻquv yilidan darslar soat 08:00 da boshlanadi
2026/2027-oʻquv yilidan boshlab Toshkent shahrida joylashgan oliy taʼlim tashkilotlarida birinchi smenadagi oʻquv mashgʻulotlari soat 08:00 da boshlanadi.
🔰Mazkur tartib poytaxtda transport oqimini samarali tashkil etish, ertalabki va kechki tigʻiz vaqtlarda yoʻllardagi yuklamani kamaytirish hamda taʼlim jarayonini yanada maqbul tashkil etishga qaratilgan.
➡️ Xususan, dars mashgʻulotlarining ertaroq boshlanishi oliy taʼlim tashkilotlariga qatnaydigan talabalar va professor-oʻqituvchilarning harakatlanish vaqtini oqilona rejalashtirish, kun davomida taʼlim jarayonini samarali tashkil etish hamda shahardagi transport vositalari oqimini maqbullashtirishga xizmat qiladi.
⤵️Shuningdek, mazkur tartib kunduzgi va kechki taʼlim shakllarida tahsil olayotgan talabalar uchun oʻquv kunini toʻgʻri rejalashtirish, mashgʻulotlar va boshqa oʻquv faoliyati uchun vaqt imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.
❇️Yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik jarayonida Toshkent shahridagi oliy taʼlim tashkilotlari rahbarlari, professor-oʻqituvchilar, pedagoglar hamda talabalar mazkur tartibni inobatga olishlari soʻraladi.
✅Taʼlim tashkilotlarida oʻquv mashgʻulotlarini belgilangan vaqtda boshlash, oʻquv jarayonini tegishli ravishda tashkil etish hamda talabalar uchun zarur shart-sharoitlarni taʼminlash boʻyicha tegishli choralar koʻriladi.
☝️Eslatib oʻtamiz, mazkur tartib 2026/2027-oʻquv yilidan boshlab Toshkent shahrida joylashgan oliy taʼlim tashkilotlarining birinchi smenasidagi oʻquv mashgʻulotlariga taalluqlidir.

25-avgust kuni Sergeli tumani Vaziyatlar markazida Toshkent shahar hokimining o‘rinbosarlari Alisher Dusmuxamedov va Dur...

Tantanali marosimda bir qator viloyatlar hokimlari hamda Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakovga yuksak davlat mukofo...

Toshkent shahar hokimligida poytaxt Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi hamda tuman bo‘limlarida korrupsiyaga qarshi ...

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan mamlakatimiz bo‘ylab bayram tadbirlari yuqori saviyada o‘tkazilmo...