- Toshkentdan gapiramiz
- 21.10.2026, 10:14
Endi poytaxtda uyga yaqin hududdan ishni Toshkent shahrining internet tarmog‘idagi elektron xaritalari orqali topish mumkin!
🟢 «15 daqiqalik shahar» konsepsiyasini amalga oshirish doirasida Toshkent shahar hokimligi hamda «2GIS» kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
🏘 Memorandumga muvofiq, internet tarmog‘idagi 2gis.uz elektron xaritasida poytaxtning barcha 585 ta mahallasi hududidagi bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar joylashtiriladi.
💼 Buning natijasida fuqarolar xarita orqali o‘z yashash joyiga yaqin hududlardagi bo‘sh ish o‘rinlarini topish, taklif etilayotgan ish haqi miqdori, malaka talablari bilan tanishish hamda o‘zlariga eng maqbul takliflarni tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
▫️Loyiha qulay ish o‘rnini topish jarayonini soddalashtiradi, vaqtni tejaydi hamda ish joyiga borish uchun sarflanadigan transport xarajatlarini qisqartirish hisobiga fuqarolar daromadlarini oshirish imkonini beradi.
✔️Loyiha pilot tartibida poytaxtning Chilonzor tumanidagi barcha mahallalarda boshlandi va 2gis.uz saytida dastlabki amaldagi bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar allaqachon joylashtirildi.
Toshkent shahar hokimligi boshqa kompaniyalar bilan ham shu kabi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikka ochiq ekanligini bildiradi.
✔️Qabul davomida 32 ta murojaat körib çiqildi. 24 ta masala öz joyida hal etildi. Qolgan murojaatlarni esa atrofliça örg...

2026-yil 23-oktabr kuni soat 10:00 da Toshkent shahar Xalq qabulxonasi binosida shahar hokimining uy-joy kommunal ...
Uchtepa tumanidagi 90 sotix bo‘sh maydonda yangi sun’iy ko‘l va dam olish maskani tashkil etish ishlari boshlandi. ✔️Bu ...

Dastlabki örganişlar şuni körsatdiki, sobiq şampan vinolari zavodi hududida olib borilgan quriliş işlari vaqtida obyektn...