- Toshkentdan gapiramiz
- 15.10.2026, 10:55
Ishchi guruh Yakkasaroyda
🗣 Bugun Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Dauletiyar Xudaybergenov, Toshkent shahar prokurori o‘rinbosari Xabibulla Mirsoatov, Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova hamda tuman prokurori Bekzod Shamshiyev Yakkasaroy tuman hokimligida tashkil etilgan shtab faoliyati bilan tanishdilar.
🔹 O‘rganish jarayonida mahallalarda aholi bandligini ta’minlash, doimiy daromad manbaiga ega bo‘lmagan fuqarolarni ish bilan ta’minlash, tadbirkorlikka jalb etish hamda oilalar daromadini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
📊 Shuningdek, mahallalar kesimida olib borilayotgan xatlov va tahlillar, fuqarolar bilan manzilli ishlash, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda har bir murojaat bo‘yicha aniq natijaga erishish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
📌 Ishchi guruh tomonidan belgilangan vazifalar ijrosini yanada kuchaytirish, aholi bandligini ta’minlash va daromadini oshirishga qaratilgan ishlarni tizimli davom ettirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va vazifalar belgilandi.
✍️ Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
✔️Qabul davomida 32 ta murojaat körib çiqildi. 24 ta masala öz joyida hal etildi. Qolgan murojaatlarni esa atrofliça örg...

2026-yil 23-oktabr kuni soat 10:00 da Toshkent shahar Xalq qabulxonasi binosida shahar hokimining uy-joy kommunal ...
Uchtepa tumanidagi 90 sotix bo‘sh maydonda yangi sun’iy ko‘l va dam olish maskani tashkil etish ishlari boshlandi. ✔️Bu ...

Dastlabki örganişlar şuni körsatdiki, sobiq şampan vinolari zavodi hududida olib borilgan quriliş işlari vaqtida obyektn...