- Toshkentdan gapiramiz
- 24.09.2026, 16:43
Harakatlanish vaqti 22% ga qisqardi: Toshkentning yana bir yo‘l qismida “Yashil to‘lqin” tizimi ishga tushirildi
Furqat ko‘chasidan Shota Rustaveli ko‘chasigacha bo‘lgan 2 kilometrlik yo‘l qismida Toshkent shahrida Yo‘l harakatini tashkil etish markazi mutaxassislari 9 ta svetofor obyektining ish rejimini qayta sozlab, ularni ertalabki va kechki transport oqimining asosiy yo‘nalishlariga mos ravishda o‘zaro sinxronlashtirdi.
“Yashil to‘lqin” tizimi transport oqimining o‘rtacha 45–55 km/soat tezlikda harakatlanishiga moslab sozlangan:
— ertalab — Furqat ko‘chasidan Shota Rustaveli ko‘chasi tomon;
— kechqurun — teskari yo‘nalishda, Shota Rustaveli ko‘chasidan Furqat ko‘chasi tomon.
📊 Svetoforlar sinxronlashtirilgach, tig‘iz vaqtlarda ushbu yo‘l qismini bosib o‘tish vaqti 9 daqiqadan 7 daqiqagacha qisqardi.
Ya’ni haydovchilar mazkur 2 kilometrlik yo‘lni avvalgidan qariyb 2 daqiqa tezroq bosib o‘tmoqda, umumiy harakatlanish vaqti esa 22% ga — beshdan bir qismidan ko‘proqqa qisqardi.
Eng muhimi, bu natijaga harakat tezligini oshirish hisobiga emas, balki ketma-ket joylashgan chorrahalardagi svetoforlarni o‘zaro muvofiqlashtirish orqali erishildi. Svetoforlar shunday tartibda sozlanganki, transport oqimi bir maromda harakatlanadi, ortiqcha to‘xtashlar, qayta-qayta tormozlanish va tezlanishlar kamayadi.
Taqqoslash uchun: yo‘llar nisbatan erkin bo‘lgan paytda ushbu 2 kilometrlik qism odatda 6–7 daqiqada bosib o‘tiladi. “Yashil to‘lqin” sozlangach esa hatto tig‘iz soatlarda ham bu ko‘rsatkich qariyb 7 daqiqani tashkil etmoqda.
Ya’ni endilikda tig‘iz vaqtdagi harakatlanish vaqti yo‘l nisbatan bo‘sh bo‘lgan paytdagi ko‘rsatkichga deyarli tenglashdi.
🚘 Shunday qilib, atigi 2 kilometrlik yo‘l qismidagi 9 ta svetoforni aniq va o‘zaro uyg‘un tarzda sozlash tig‘iz vaqtlarda ushbu yo‘lni bosib o‘tishga sarflanadigan vaqtni 22% ga qisqartirish imkonini berdi.
Toshkent ko‘chalaridagi svetofor obyektlari ishini bosqichma-bosqich optimallashtirish va o‘zaro sinxronlashtirish ishlari davom ettirilmoqda.

📌 Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi o‘rinbosarlari tomonidan belgilangan reja asosida “Xalq qabulxonasi”da fuqarolarning sha...

Bugun Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari — Raqamli rivojlanish departamenti rahbari A. Dusmuhamedov hamda O‘zbekiston Re...

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining yigirma yettinchi sessiyasida poytaxtning ijtimoiy-iqtisodiy rivoji, shaha...

Toshkent shahrida Yo‘l harakatini tashkil etish markazi Vaziyatlar markazi tomonidan yo‘llardagi holat real vaqt rejimid...