Mirzo Ulug`bek tumani hokimiyatning rasmiy sayti
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

Toshkentda School Bus tizimini joriy etish imkoniyatlari o‘rganilmoqda

🔺 Poytaxt maktablarida o‘quvchilarning maktabga xavfsiz va qulay qatnovini tashkil etish maqsadida maktab avtobuslari — School Bus tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amaliy o‘rganish ishlari boshlandi.

Buning uchun, avvalo, ota-onalarning ehtiyoji, o‘quvchilarning maktabga qanday qatnashi hamda kelgusida avtobus yo‘nalishlarini shakllantirish uchun zarur ma’lumotlar o‘rganilmoqda.

📊 Ayni vaqtga qadar so‘rovnoma Toshkent shahridagi 328 ta maktabning o'quvchi soni ko'p bo'lgan va dastlabki hisob-kitoblarga School Bus tizimiga talab darajasi yuqori deb baholangan 29 tasida o‘tkazildi. Unda 58 369 nafar o‘quvchining oila a’zolari yoki vasiylari ishtirok etdi.

Dastlabki natijalarga ko‘ra, o‘quvchilarning:
38,5 foizi maktabga piyoda keladi;
33,1 foizi ota-onalari tomonidan shaxsiy avtomobilda olib kelinadi;
— 18,3 foizi avtobusdan foydalanadi;
5,7 foizi taksidan foydalanadi;
3,5 foizi metro orqali qatnaydi;
0,9 foizi mikromobil vositalardan foydalanadi.

🚌 Eng muhim ko‘rsatkich — so‘rovnoma ishtirokchilarining 73,5 foizi maktablar uchun maxsus avtobus qatnovlarini tashkil etish istagini bildirgan.

Mazkur natija poytaxtda School Bus tizimiga yuqori ehtiyoj mavjudligini ko‘rsatmoqda.

So‘rovnoma qolgan maktablarda ham bosqichma-bosqich davom ettiriladi. Yakuniy natijalar asosida o‘quvchilar oqimi, yo‘nalishlar, ehtiyoj mavjud avtobuslar soni, harakat jadvali, xavfsiz tushirish va olib ketish nuqtalari hamda boshqa tashkiliy masalalar batafsil o‘rganiladi.

Shundan so‘ng School Bus tizimini joriy etishning amaliy imkoniyatlari ishlab chiqilib, tegishli tashkilotlar bilan kelishilgan holda uni bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yish masalasi ko‘rib chiqiladi.

📌 Barcha ota-onalarni so‘rovnomada faol ishtirok etishga taklif qilamiz. Sizning javoblaringiz maktablarning School Bus ehtiyoji darajasini, undan qancha o‘quvchi foydalanishi mumkinligini, zarur avtobuslar soni va yo‘nalishlarni aniqlashda muhim ahamiyatga ega.

📝 So‘rovnomada qatnashish: @school_coddbot

Teglar:
O‘xshash yangiliklar
Toshkentning raqamli kelajagi — ICT Week 2026’da
21.09.2026, 15:36
Toshkentning raqamli kelajagi — ICT Week 2026’da

🟢22–25-sentabr kunlari CAEx majmuasida ICT Week 2026 xalqaro ko‘rgazma haftaligi bo‘lib o‘tadi.Tadbirda Toshkent shahar...

5 kilometr ortiqcha to‘xtashlarsiz: “Yashil to‘lqin” Kichik halqa avtomobil yo‘lidagi harakatni qanday o‘zgartirdi?
21.09.2026, 15:03
5 kilometr ortiqcha to‘xtashlarsiz: “Yashil to‘lqi...

Toshkent shahrida Yo‘l harakatini tashkil etish markazi mutaxassislari tomonidan Kichik halqa avtomobil yo‘lining navbat...

Fuqarolar murojaatlari ko‘rib chiqildi
21.09.2026, 10:53
Fuqarolar murojaatlari ko‘rib chiqildi

18-sentabr kuni Toshkent shahar hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘y...

“Prezident olimpiadasi”ga poytaxt jamoasini tayyorlash masalalari muhokama qilindi
21.09.2026, 10:43
“Prezident olimpiadasi”ga poytaxt jamoasini tayyor...

Bugun Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Durdona Rahimova boshchiligida “Prezident olimpiadasi” musobaqasining Respublik...