- Toshkentdan gapiramiz
- 09.09.2026, 09:41
Joriy yilning 8-sentabr kuni Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari Abduraxmon Baxtiyev tomonidan Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi fuqarolar uchun navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazildi
✔️Qabul davomida fuqarolarning transport, yo‘l infratuzilmasi, jamoat transporti, yo‘llarning holati hamda harakat xavfsizligi bilan bog‘liq murojaatlari tinglanib, ularning muammo va takliflari atroflicha o‘rganildi.
▫️Har bir murojaat belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, tegishli tashkilot va idoralar mas’ullari bilan birgalikda qonunchilik doirasida zarur tushuntirish va ma’lumotlar berildi.
🟢Shuningdek, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan masalalar yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berilib, aniqlangan muammolarni qonuniy va adolatli hal etish, fuqarolar murojaatlariga amaliy yechim topish bo‘yicha belgilangan tartibda choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.
Mazkur shaxsiy qabul O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent shahridagi Xalq qabulxonasida o‘tkazildi.

🟢22–25-sentabr kunlari CAEx majmuasida ICT Week 2026 xalqaro ko‘rgazma haftaligi bo‘lib o‘tadi.Tadbirda Toshkent shahar...
Toshkent shahrida Yo‘l harakatini tashkil etish markazi mutaxassislari tomonidan Kichik halqa avtomobil yo‘lining navbat...

18-sentabr kuni Toshkent shahar hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘y...

Bugun Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Durdona Rahimova boshchiligida “Prezident olimpiadasi” musobaqasining Respublik...