- Toshkentdan gapiramiz
- 10.08.2026, 16:12
Bektemirda yangi maktab qad rostlamoqda
📍Bektemir tumanida zamonaviy maktab qurilishi qizg‘in davom etmoqda. Qurilish ishlari 2026-yil aprel oyida boshlangan bo‘lib, yangi o‘quv yilida foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. Ayni paytda 200 nafar ishchi 2 smenada mehnat qilmoqda.
🏀47 ta xonadan iborat maktabda faollar zali, oshxona, sport zali hamda mini futbol, basketbol va voleybol maydonlari tashkil etildi.
🏥Bino zamonaviy muhandislik tizimlari bilan jihozlanadi: energiya tejamkor LED yoritish, isitish-sovitish tizimi, videokuzatuv va yong‘in xavfsizligi tizimlari o‘rnatiladi. Shuningdek, 125 kVt quvvatli quyosh panellari o‘rnatilishi rejalashtirilgan.
➡️Maktabda inklyuziv muhit yaratish uchun panduslar, maxsus sanuzellar va lift ham ko‘zda tutilgan.
🤩Ayni paytda ichki pardozlash, elektr va tashqi kommunikatsiyalarni ulash, hududni obodonlashtirish hamda devoriy rasmlar chizish ishlari davom etmoqda.

So‘nggi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish, davlat boshqaruvida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash ham...

Korrupsiyaga qarshi kurashish va ochiqlikni taʼminlash borasida tizimli ishlar davom etmoqda So‘nggi yillarda mamla...

Bugun erta tongdan Mirzo Ulugʻbek tuman hokimi Boxodir Gaibnazarov boshchiligida barcha masʼullar saf yigʻinini oʻtkazdi...
📍Yangihayot tumanida ko‘p qavatli uylar va ijtimoiy obyektlar atrofi obodonlashtirilmoqda, ichki yo‘llar tartibga kelti...