Mirzo Ulug`bek tumani hokimiyatning rasmiy sayti
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

Korrupsiyaga qarshi kurashish va ochiqlikni ta’minlash borasida tizimli ishlar davom etmoqda

So‘nggi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish, davlat boshqaruvida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash hamda mansab vakolatlaridan foydalanish bilan bog‘liq huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash maqsadida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Jamiyat hayotining barcha sohalarini qamrab olgan ushbu yangilanishlar jarayonida mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish, byurokratik to‘siqlarni yuzaga keltirish va davlat mablag‘larini noqonuniy o‘zlashtirish kabi salbiy holatlarning barvaqt oldini olish ustuvor vazifa etib belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmon va qarorlari, xususan, sohaga oid tizimli me’yoriy-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlash maqsadida davlat organlari va tashkilotlarida Komplaens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimi bosqichma-bosqich joriy etildi. Ushbu zamonaviy yondashuv davlat boshqaruvida xalqaro standartlarga mos keluvchi yangi nazorat mexanizmini yaratishga xizmat qilmoqda.

Mazkur islohotlar doirasida Toshkent shahar hokimligi tarkibida ham Komplaens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat xizmati tashkil etildi. Ushbu tuzilmaga korrupsiyaviy xavf-xatarlarni tizimli ravishda tahlil qilish va bartaraf etish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larning maqsadli hamda samarali sarflanishini ta’minlash, shuningdek, ochiqlik va shaffoflik muhitini kuchaytirish bo‘yicha keng vakolatlar berildi.

Xizmatning faoliyati ijro hokimiyati tizimidagi jarayonlarni raqamlashtirish, inson omilini kamaytirish va ma’muriy tartib-taomillarni soddalashtirish tamoyillari asosida tashkil etilgan. Hozirgi kunda mazkur tuzilma tomonidan Toshkent shahar va tuman hokimliklari, shuningdek, ularning tarkibiy bo‘linmalari hamda tizim tashkilotlarida kompleks monitoring va o‘rganish ishlari muntazam ravishda olib borilmoqda.

Ichki nazorat xizmati tomonidan olib borilgan tizimli tahlillar natijasida muqaddam jinoyat sodir etgan 29 nafar xodim, jumladan 6 nafari tuman hokimliklari, 23 nafari esa hokimlik tizimidagi tashkilotlar xodimlari, shuningdek, ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan hokimlik tizimidagi 1 353 nafar ishchi-xodim to‘g‘risidagi ma’lumotlar batafsil o‘rganilib, qonun ustuvorligini ta’minlash yuzasidan tegishli ta’sir choralari belgilandi.

Xususan, jinoyat sodir etgan xodimlardan 2 nafari bilan tuzilgan mehnat shartnomalari amaldagi qonunchilikka muvofiq bekor qilindi. Mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish sharoitlarini cheklash maqsadida 1 nafar xodim belgilangan tartibda rotatsiya qilindi. Qolgan holatlar bo‘yicha profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, tegishli tuman hokimliklari rahbariyatiga ushbu xodimlarni boshqa lavozimlarga rotatsiya qilish, ularning kundalik faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish hamda bevosita mas’uliyatini oshirish yuzasidan topshiriqlar yuborildi.

Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan 1 353 nafar ishchi-xodimlarga oid ma’lumotlar va tahliliy materiallar ularning bevosita rahbarlariga taqdim etildi. Rahbarlar zimmasiga har bir xodim bilan individual tartibda tushuntirish ishlarini olib borish vazifasi yuklatildi. Ushbu choradan ko‘zlangan asosiy maqsad – xodimlar o‘rtasida ijro intizomini mustahkamlash va kelgusida shu kabi qonunbuzilish holatlarining takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslikdan iboratdir.

Komplaens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat xizmati faqatgina jazolash emas, balki tizimda huquqbuzarliklarni sodir etishga imkon beruvchi sabab va shart-sharoitlarni barvaqt aniqlash va ularni bartaraf etishga alohida e’tibor qaratmoqda.

Shu maqsadda, Toshkent shahar hokimligi tizimida kadrlarini tanlash va joy-joyiga qo‘yish, davlat xaridlarini amalga oshirish va davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonlarida shaffoflikni ta’minlovchi ichki idoraviy hujjatlar loyihalari doimiy ravishda o‘rganilib borilmoqda.

Xulosa o‘rnida ta’kidlash lozimki, poytaxt hokimligi tizimida korrupsiyaga nisbatan mutlaqo murosasizlik muhitini yaratish, ijro hokimiyati organlarining xalq oldidagi hisobdorligini ta’minlash va ochiqlik tamoyillarini hayotga tatbiq etish borasidagi tizimli islohotlar izchil davom ettiriladi. Zero, davlat apparatining sofligi va shaffofligi tizimga bo‘lgan ishonchning bosh garovidir.

Toshkent shahar hokimining komplaens  

va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat  

bo‘yicha o‘rinbosari                                                         M. Mirxamidov

Teglar:
O‘xshash yangiliklar
Bektemirda yangi maktab qad rostlamoqda
10.08.2026, 16:12
Bektemirda yangi maktab qad rostlamoqda

📍Bektemir tumanida zamonaviy maktab qurilishi qizg‘in davom etmoqda. Qurilish ishlari 2026-yil aprel oyida boshlangan b...

Korrupsiyaga qarshi kurashish va ochiqlikni taʼminlash borasida tizimli ishlar davom etmoqda
10.08.2026, 14:06
Korrupsiyaga qarshi kurashish va ochiqlikni taʼmin...

Korrupsiyaga qarshi kurashish va ochiqlikni taʼminlash borasida tizimli ishlar davom etmoqda So‘nggi yillarda mamla...

“Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” hamda “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari tumandagi mahallalarda qizgʻin pallaga kirdi.
10.08.2026, 11:18
“Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” hamda “...

Bugun erta tongdan Mirzo Ulugʻbek tuman hokimi Boxodir Gaibnazarov boshchiligida barcha masʼullar saf yigʻinini oʻtkazdi...

“O‘zbekiston 24” telekanali Toshkent mahallalarida “Dolzarb 40 kunlik” hamda “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar haqida lavha tayyorladi.
10.08.2026, 10:22
“O‘zbekiston 24” telekanali Toshkent mahallalarida...

📍Yangihayot tumanida ko‘p qavatli uylar va ijtimoiy obyektlar atrofi obodonlashtirilmoqda, ichki yo‘llar tartibga kelti...