Mirzo Ulug`bek tumani hokimiyatning rasmiy sayti
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:
Navoiy ko‘chasidagi savdo majmuasi o‘rnidagi uylar
Navoiy ko‘chasidagi savdo majmuasi o‘rnidagi uylar

2011-yil bahorida Navoiy savdo majmuasi buzib tashlangan va uning o‘rnida sakkizta yetti qavatli turar joy binolari qurilishi boshlangan. Turar joy majmuasi loyihasi «Toshkent boshplanLITI» instituti tomonidan birinchi prezident tashabbusi bilan ishlab chiqilgan. 2012-yil oxirida uylar foydalanishga topshirilgan va aholining 320 ta xonadonga ko‘chib kirishiga imkoniyat yaratilgan.

 Birinchi ikki qavat jabhalari, u yerda turli tashkilotlar joylashgan, qizil granit bilan qoplangan; yuqori besh qavat esa oq shisha-kristallit bilan bezatilgan.

 Har bir uy ikkita blok-seksiyadan iborat bo‘lib, har birida 20 tadan xonadon, jami 40 ta uch, to‘rt va besh xonali kvartiralar mavjud.

 Binolar avtomagistradan 24,5 metr orqaga chekinib loyihalashtirilgan, bu shovqin himoya zonasi yaratish uchun qilingan. Ko‘cha va turar joy qurilishi o‘rtasida kashtan daraxtlari bilan obodonlashtirilgan bulvar tashkil etilgan, hovli tomonida esa 32 metrli kashtan, qarag‘ay, emon daraxtlari, gullar va butalar bilan boyitilgan park zonasi barpo etilgan. Mikroiklimni yaxshilash maqsadida favvoralar qurilgan, bolalar va sport maydonchalari joylashtirilgan.

Shuningdek, qiziqarli joylar
Oʻrta Osiyo kooperativ texnikumi
Oʻrta Osiyo kooperativ texnikumi

Bino 1928-yilda kooperativ texnikumi uchun qurilgan boʻlib, u inqilobgacha tashkil etilgan Toshkent...

Inturist
Inturist

Sobiq «Inturist» madaniy-axborot markazi binosi 1986-yilda meʼmor Vladimir Narubanskiy loyihasi boʻ...

Vestminster universiteti
Vestminster universiteti

Istiqbol va Shahrisabz ko‘chalari chorrahasida joylashgan go‘zal, qadimiy g‘ishtin bino toshkentli...

Lyuteran kirxasi
Lyuteran kirxasi

Toshkent kirxasi Oʻrta Osiyodagi birinchi lyuteran ibodatxonasi hisoblanadi. Bino loyihasining das...