- Toshkentdan gapiramiz
- 21.10.2026, 16:04
Toshkent shahar hokimligida ijro intizomi va topshiriqlar ijrosi yuzasidan hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Toshkent shahar hokimligida ijro intizomi va topshiriqlar ijrosi yuzasidan hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Toshkent shahar hokimligida qonunchilik hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat topshiriqlari ijrosini ta’minlash, ijro intizomini mustahkamlash hamda bu borada amalga oshirilayotgan ishlar natijalariga bag‘ishlangan hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishda qayd etilishicha, joriy yilning 24-sentyabr holatiga ko‘ra, Toshkent shahar hokimligiga “edo.ijro.uz” elektron tizimi orqali jami 17 188 ta topshiriq kelib tushgan. Shundan 14 668 tasi yoki 85,4 foizi bajarilgan, qolgan 2 520 ta topshiriqning ijro muddati mavjud bo‘lib, ularning o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash yuzasidan ishlar davom ettirilmoqda.
Shuningdek, sentyabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Prezident Administratsiyasi rahbari va Vazirlar Mahkamasi tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosi alohida tahlil qilindi.
Muhokamalar davomida erishilgan natijalar bilan bir qatorda, ayrim topshiriqlar ijrosida yo‘l qo‘yilgan kechikishlar va kamchiliklar tanqidiy ko‘rib chiqildi. Xususan, sentyabr oyida 26 ta topshiriq ijrosi o‘z vaqtida ta’minlanmagani qayd etilib, ularning sabablarini bartaraf etish va mas’ullar javobgarligini kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.
Topshiriqlar ijrosini tizimli tashkil etish maqsadida kunlik nazorat mexanizmlari, aniq muddat va mas’ul ijrochilar belgilangan kalendar rejalar hamda tegishli yo‘l xaritalari asosida ish olib borilayotgani ma’lum qilindi.
Yig‘ilish yakunida hokim o‘rinbosarlari, tarkibiy bo‘linmalar va mas’ul rahbarlarga topshiriqlar ijrosini jadallashtirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda ijro intizomini yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.
Ta’kidlanganidek, ijro intizomi — bu shunchaki topshiriqlarning bajarilishi emas, balki qabul qilinayotgan qarorlarning amaliy natijasi va shahar hayotidagi real o‘zgarishlarni ta’minlashning muhim omilidir.

▫️Toşkent şahridagi bozor va savdo komplekslarining moliyaviy holatini örganiş, mol-mulkini xatlovdan ötkaziş va mavjud ...

Sessiya kun tartibidan o‘rin olgan navbatdagi Toshkent shahrida Xotin qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga tadbirko...

Toşkent şahar hokimligida şahar hokimi Şavkat Umurzoqov va Oppenheimer & Co. kompaniyasining investitsiya banki faol...
🌧 Bu yilgi kuz ham, xuddi ötgan yildagidek, yoğingarçilik tanqisligi muammosini yana bir bor yodga solmoqda. Özgidromet...