Mirzo Ulug`bek tumani hokimiyatning rasmiy sayti
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

“Toshkent tajribasi”: ta’lim sifati va o‘quvchilar bilimini oshirish masalalari muhokama qilindi

Chilonzor tumanidagi 90-sonli umumta’lim maktabida Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Durdona Rahimova boshchiligida “Toshkent tajribasi” loyihasi doirasida yig‘ilish tashkil etildi. Unda maktab direktorlari, fan o‘qituvchilari hamda mas’ul tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.

📈Yig‘ilishda pedagoglar malakasini oshirish, zamonaviy o‘qitish metodikalari va qo‘shimcha maxsus darsliklardan foydalanish, shuningdek, o‘quvchilarning oraliq imtihon natijalarini My.tashkent.uz platformasi orqali baholash masalalari muhokama qilindi. Ta’lim samaradorligini oshirish, o‘quvchilar bilimini muntazam tahlil qilish va ta’lim jarayonini aniqlangan ehtiyojlar asosida takomillashtirish yuzasidan fikr almashildi.

🏢Poytaxtning 12 ta tumanidagi 24 ta umumta’lim maktabida “Toshkent tajribasi” loyihasi amalga oshirilmoqda. 2025–2026-o‘quv yilida tashkil etilgan maktablarda 60 ta sinfga 1 800 nafar o‘quvchi jalb etilib, 144 nafar pedagog va mutaxassis faoliyat yuritgan. 2026–2027-o‘quv yilida esa yana 12 ta maktab loyihaga qo‘shilib, 131 nafar pedagog va mutaxassis jalb etildi.

Ayni paytda loyiha doirasida jami 107 ta sinfga 2 326 nafar o‘quvchi jalb qilingan.
Ular quyidagi yo‘nalishlarda ta’lim olmoqda:
🔍 Tibbiyot;
🔍 AT va dasturlash;
🔍 Biznes va menejment;
🔍 Sotsiologiya (gumanitar);
🔍 Muhandislik texnologiyasi.

📚2026–2027-o‘quv yilidan boshlab 7–9-sinflarda aniq va tabiiy fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashgan sinflar ham tashkil etildi. Bu o‘quvchilarning fanlarga bo‘lgan qiziqishini rivojlantirish va bilimlarini yanada chuqurlashtirishga xizmat qiladi.

Teglar:
O‘xshash yangiliklar
Toşkent şahar hokimi tomonidan fuqarolar uçun şaxsiy qabul ötkazildi
23.10.2026, 17:56
Toşkent şahar hokimi tomonidan fuqarolar uçun şaxs...

✔️Qabul davomida 32 ta murojaat körib çiqildi. 24 ta masala öz joyida hal etildi. Qolgan murojaatlarni esa atrofliça örg...

Xalq qabulxonasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi
23.10.2026, 15:47
Xalq qabulxonasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi

 2026-yil 23-oktabr kuni soat 10:00 da Toshkent shahar Xalq qabulxonasi binosida shahar hokimining uy-joy kommunal ...

Uchtepa tumanida sun’iy ko‘l barpo etilmoqda!
23.10.2026, 15:22
Uchtepa tumanida sun’iy ko‘l barpo etilmoqda!

Uchtepa tumanidagi 90 sotix bo‘sh maydonda yangi sun’iy ko‘l va dam olish maskani tashkil etish ishlari boshlandi. ✔️Bu ...

Botkin qabristonidagi şikastlangan qabr toşlari tiklanadi. Qoidabuzarliklarga yöl qöygan mas’ullar aniqlandi, quriliş işlari töxtatildi
23.10.2026, 15:13
Botkin qabristonidagi şikastlangan qabr toşlari ti...

Dastlabki örganişlar şuni körsatdiki, sobiq şampan vinolari zavodi hududida olib borilgan quriliş işlari vaqtida obyektn...