Mirzo Ulug`bek tumani hokimiyatning rasmiy sayti
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

Komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat masalalari muhokama qilindi

Bugun Toshkent shahar hokimining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari M. Mirxamidov va  Toshkent shahar hokimining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat xizmati rahbari Sh.Turdikulov hamda Chilonzor tumani hokimi S. Xolxo'jayev ishtirokida tuman hokimligi apparati xodimlari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

▫️Unda komplayens xizmatining faoliyati, korrupsiyaga qarshi ichki nazoratni kuchaytirish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, aholi murojaatlari bilan samarali ishlash, odob-axloq qoidalariga rioya etish hamda manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasining "Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida" gi qonuning mazmun va mohiyati batafsil tushuntirib o‘tildi.

📊Tadbir davomida korrupsiyaga oid holatlar bo‘yicha bir qator hayotiy misollar keltirilib, ularning salbiy oqibatlari atroflicha tahlil qilindi hamda xodimlarning korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatini shakllantirish, xizmat vazifalarini bajarishda qonuniylik, halollik va xolislik tamoyillariga qat’iy rioya etishi muhimligi ta’kidlandi.

Teglar:
O‘xshash yangiliklar
Toshkentning raqamli kelajagi — ICT Week 2026’da
21.09.2026, 15:36
Toshkentning raqamli kelajagi — ICT Week 2026’da

🟢22–25-sentabr kunlari CAEx majmuasida ICT Week 2026 xalqaro ko‘rgazma haftaligi bo‘lib o‘tadi.Tadbirda Toshkent shahar...

5 kilometr ortiqcha to‘xtashlarsiz: “Yashil to‘lqin” Kichik halqa avtomobil yo‘lidagi harakatni qanday o‘zgartirdi?
21.09.2026, 15:03
5 kilometr ortiqcha to‘xtashlarsiz: “Yashil to‘lqi...

Toshkent shahrida Yo‘l harakatini tashkil etish markazi mutaxassislari tomonidan Kichik halqa avtomobil yo‘lining navbat...

Fuqarolar murojaatlari ko‘rib chiqildi
21.09.2026, 10:53
Fuqarolar murojaatlari ko‘rib chiqildi

18-sentabr kuni Toshkent shahar hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘y...

“Prezident olimpiadasi”ga poytaxt jamoasini tayyorlash masalalari muhokama qilindi
21.09.2026, 10:43
“Prezident olimpiadasi”ga poytaxt jamoasini tayyor...

Bugun Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Durdona Rahimova boshchiligida “Prezident olimpiadasi” musobaqasining Respublik...