- Toshkentdan gapiramiz
- 17.08.2026, 15:39
Toshkentda “Chilla salqin ta’mlar festivali” o‘tkaziladi
Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 21–23-avgust kunlari Tashkent City hududida yozning eng issiq kunlariga bag‘ishlangan “Chilla salqin ta’mlar festivali” bo‘lib o‘tadi.
Uch kun davom etadigan festival poytaxt aholisi va mehmonlari uchun salqin ichimliklar, muzqaymoq, musiqa va ko‘ngilochar dasturlarni bir maydonda jamlaydi. Tadbirda o‘nlab ishlab chiqaruvchilar va riteylerlar, shuningdek, Sprite, Fanta va Fuse Tea brendlari o‘z maxsus zonalari bilan ishtirok etadi.
Festival dasturidan:
🔹 muzqaymoq, kokteyllar, bubble tea, sovuq qahva, yangi siqilgan sharbatlar va boshqa yozgi ta’mlar;
🔹 interaktiv o‘yinlar, tanlovlar va sovrinli aksiyalar;
🔹 tematik fotozonalar va kreativ salqinlash hududlari;
🔹 DJ-setlar va kechki konsertlar;
🔹 suvli ko‘ngilochar zonalar;
🔹 kechki shou va feyerverklar o‘rin olgan.
Festival maydonining o‘ziga xos jihatlaridan biri — qariyb 10 tonna haqiqiy muzdan yaratiladigan art-obyektlar va fotozonalar bo‘ladi.
Shuningdek, hududda salqinlantiruvchi yomg‘ir arkalari, suvli o‘yin maydonlari hamda yozgi issiqda mehmonlar uchun maxsus salqinlash zonalari tashkil etiladi.
Har kuni kechqurun festival konsert va ko‘ngilochar dastur bilan davom etadi. Sahnalarda taniqli ijodkorlar chiqish qiladi, mehmonlar uchun tanlov va sovrinli o‘yinlar o‘tkaziladi.
🎟 Kirish bepul
📅 21, 22 va 23-avgust
🕓 16:00 dan 23:00 gacha
📍 Tashkent City, O‘qchi ko‘chasi, 3
📌 Festival hududi: Holiday Inn mehmonxonasidan “Xalqlar do‘stligi” metro bekati chiqishigacha
☎️ Ma’lumot uchun: +998 90 024 60 10
Instagram: @chillafest
✔️Qabul davomida 32 ta murojaat körib çiqildi. 24 ta masala öz joyida hal etildi. Qolgan murojaatlarni esa atrofliça örg...

2026-yil 23-oktabr kuni soat 10:00 da Toshkent shahar Xalq qabulxonasi binosida shahar hokimining uy-joy kommunal ...
Uchtepa tumanidagi 90 sotix bo‘sh maydonda yangi sun’iy ko‘l va dam olish maskani tashkil etish ishlari boshlandi. ✔️Bu ...

Dastlabki örganişlar şuni körsatdiki, sobiq şampan vinolari zavodi hududida olib borilgan quriliş işlari vaqtida obyektn...