- Toshkentdan gapiramiz
- 17.07.2026, 10:19
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining doimiy komissiyasi yig‘ilishi
15 iyul oyda xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining Yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda komissiya a’zolari, hisobot beruvchi, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi rahbari Sarvarxon Sarvarovich Irgashev hamda Toshkent shahar Kengashi huzuridagi ekspert guruhi a’zosi Nasrullayev Baxtiyor Fayzulla o‘g‘li ham ishtirok etdi.
📝 Mazkur komissiya yig‘ilishi kun tartibiga kiritilgan Yoshlar muammolarini o‘rganish, ularni hal etishga ko‘maklashish, yosh avlodning iste’dodi va qobiliyatini rivojlantirish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish choralarini ko‘rishga qaratilgan ishlar to‘g‘risidagi masala yuzasidan Yoshlar ishlari agentligining Toshkent shahar yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i-Nabiev Shaxzod Rustam o‘g‘li hisobot berdi.
🔎 Mazkur masala komissiya a’zolari tomonidan atroflicha muhokamalarga sabab bo‘ldi. Yakunda kun tartibiga kiritilgan masala komissiya a’zolari tomonidan bir ovozdan maqullandi.

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Vasila Alimova tomonidan mahallalarda bolalar uchun xavfsiz va zam...
Joriy yilning mart oyidan buyon Yo‘l harakatini tashkillashtirish markazi mutaxassislari Toshkentning turli tumanlarida ...
🚿Mahallada 1 240 metr uzunlikdagi sug‘orish tizimlari o‘rnatildi, 5 ta ko‘p qavatli uyning fasad qismi ta’mirlandi, 6 0...

📈Sessiyada poytaxtning ijtimoiy-iqtisodiy rivoji, aholi murojaatlari bilan ishlash, qonuniylikni ta’minlash hamda shaha...