- Toshkentdan gapiramiz
- 16.07.2026, 11:53
Uchtepa tumanida geografik obyektlar nomlarini qonun talablariga muvofiqlashtirish masalalari muhokama qilindi
👍 Uchtepa tumanida hududdagi mavjud hamda yangi tashkil etilayotgan mavzelar va geografik obyektlar nomlarini qonunchilik talablariga muvofiqlashtirish masalalariga bag‘ishlangan amaliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
⚡️ Yig‘ilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 475-son qarori hamda **"Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida"**gi Qonun ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.
⛈ Unda Toshkent shahar hokimining Ma’naviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi A. Ro‘zitoyev, Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Raqamli rivojlantirish departamenti Toponimika bo‘limi boshlig‘i A. Djabbarov, Uchtepa tumani hokimining o‘rinbosari O. Raxmonberdiyev, mahalla raislari hamda tegishli soha mutasaddilari ishtirok etdi.
📍Yig‘ilish davomida:
🔹 geografik obyektlar nomlarini Klassifikator talablari asosida tartibga solish;
🔹 Geografik obyektlar nomlarining davlat reyestrini shakllantirish;
🔹 yangi mavzelarga nom berishda tarixiy, milliy va til me’yorlariga qat’iy rioya etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
🔘 Shuningdek, geografik obyektlar nomlarini qonuniy asosda tartibga solish hududni raqamlashtirish, pochta aloqasi, navigatsiya hamda davlat xizmatlari sifatini yanada oshirishda muhim omil ekani ta’kidlandi.
🌐 Yig‘ilish yakunida mahalla raislariga o‘z hududlaridagi geografik obyektlar nomlarini inventarizatsiyadan o‘tkazish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda qonunchilik talablariga muvofiqlashtirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Vasila Alimova tomonidan mahallalarda bolalar uchun xavfsiz va zam...
Joriy yilning mart oyidan buyon Yo‘l harakatini tashkillashtirish markazi mutaxassislari Toshkentning turli tumanlarida ...
🚿Mahallada 1 240 metr uzunlikdagi sug‘orish tizimlari o‘rnatildi, 5 ta ko‘p qavatli uyning fasad qismi ta’mirlandi, 6 0...

📈Sessiyada poytaxtning ijtimoiy-iqtisodiy rivoji, aholi murojaatlari bilan ishlash, qonuniylikni ta’minlash hamda shaha...