- Toshkentdan gapiramiz
- 16.07.2026, 10:28
Mustaqillik shoh ko‘chasining ta’mirlangan qismi ochilib, qarama-qarshi yo‘nalishda qurilish ishlari boshlanadi
Mirzo Ulug‘bek tumani Mustaqillik shoh ko‘chasida yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, transport oqimini tartibga solish hamda jamoat transporti harakati uchun qulay sharoit yaratish bo‘yicha qurilish-ta’mirlash ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Ishlarning avvalgi bosqichida ko‘chaning bir tomonidagi qatnov qismi ta’mirlanib, yo‘l qoplamasi yangilandi, shuningdek, ko'cha bo'ylab infratuzilmani yaxshilash jarayonlari davom etmoqda. Endilikda ko‘chaning ikkinchi tomonini ham sifatli ta’mirlash maqsadida ishlarning navbatdagi bosqichi boshlanadi.
Shu munosabat bilan:
— 2026-yil 16-iyul soat 01:00 dan 31-iyul soat 22:00 ga qadar Mustaqillik shoh ko‘chasining Parkent ko'chasi kesishmasidan Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi chorrahasigacha bo‘lgan yo‘nalishidagi qatnov qismi transport vositalari harakati uchun vaqtincha yopiladi.
— 2026-yil 16-iyul 02:00 dan yo'lning qurilish-ta'mirlash ishlari yakunlangan Mirzo Ulug'bek ko'chasi kesishmasidan Oqqo'rg'on ko'chasigacha bo'lgan yo'nalishi barcha transport vositalari harakati uchun ochiladi;
Vaqtinchalik cheklovlar Mustaqillik shoh ko‘chasini to‘liq va sifatli rekonstruksiya qilish, harakat xavfsizligini oshirish hamda haydovchilar, yo‘lovchilar va piyodalar uchun zamonaviy va qulay yo‘l infratuzilmasini yaratish maqsadida joriy etilmoqda.
Haydovchilardan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz hamda harakat yo‘nalishlarini oldindan rejalashtirishlarini tavsiya etamiz.
✔️Qabul davomida 32 ta murojaat körib çiqildi. 24 ta masala öz joyida hal etildi. Qolgan murojaatlarni esa atrofliça örg...

2026-yil 23-oktabr kuni soat 10:00 da Toshkent shahar Xalq qabulxonasi binosida shahar hokimining uy-joy kommunal ...
Uchtepa tumanidagi 90 sotix bo‘sh maydonda yangi sun’iy ko‘l va dam olish maskani tashkil etish ishlari boshlandi. ✔️Bu ...

Dastlabki örganişlar şuni körsatdiki, sobiq şampan vinolari zavodi hududida olib borilgan quriliş işlari vaqtida obyektn...