Mirzo Ulug`bek tumani hokimiyatning rasmiy sayti
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

Mustaqillik shoh ko‘chasida qurilish-ta’mirlash ishlari: har bir bosqich ortida aniq tahlil va muhandislik yechimlari

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Mustaqillik shoh ko‘chasida qurilish-ta’mirlash ishlari jadal davom etmoqda.

Obyektda amaliy ishlar 2 iyuldan boshlangan. Biroq loyiha faqat qurilish maydonidagi ishlar bilan cheklanmagan. Ta’kidlash joizki, tayyorgarlik ishlari joriy yilning fevral oyidan boshlangan: mutaxassislar muhandislik izlanishlarini olib bordi, transport va piyodalar oqimini o‘rgandi, shuningdek, statistik ma’lumotlarni to‘pladi va tahlil qildi.

Shuningdek, mutaxassislar transport oqimlarini kompyuterda modellashtirdi, turli harakat ssenariylarini raqamli sinovdan o‘tkazdi hamda yo‘lning o‘tkazuvchanligi va xavfsizlik ko‘rsatkichlarini baholadi. Eng maqbul yechimlar real ma’lumotlar, muhandislik hisob-kitoblari va ko‘p bosqichli tahlil asosida ishlab chiqildi.

Bugungi kunda Mustaqillik shoh ko‘chasining 1,7 kilometrlik qismida loyiha doirasida:

23 039 m² eski yo‘l qoplamasi frezalanmoqda;
28 984 m² bazalt geoto‘ri yotqizilmoqda;
23 039 m² maydonga asfalt-beton qoplamasi yotqizilmoqda;
23 039 m² maydonga yuqori sifatli PShMA-20 — polimer-chaqiq tosh-mastikali asfalt-beton qoplamasi yotqizilmoqda;
1 143 metr suv qochirish lotoklari yangilanmoqda;
1 300 metr yangi bordyurlar o‘rnatilmoqda;
67 ta yangi yoritish ustuni o‘rnatilmoqda;
— Shuningdek, ko‘cha bo‘ylab yangi zamonaviy 3 bekatlar o‘rnatilmoqda, bekatlardagi kutish hududlari kengaytirilmoqda va ko‘chaning umumiy qiyofasini yaxshilashga qaratilgan boshqa obodonlashtirish ishlari ham amalga oshirilmoqda.

Asosiy maqsad — Mustaqillik shoh ko‘chasini zamonaviy muhandislik yechimlari asosida haydovchilar, piyodalar va jamoat transporti yo‘lovchilari uchun yanada qulay, xavfsiz va samarali ko‘chaga aylantirishdir.

Teglar:
O‘xshash yangiliklar
Deputat tashabbusi bilan Yakkasaroyda zamonaviy bolalar maydonchalari barpo etilmoqda
24.07.2026, 16:45
Deputat tashabbusi bilan Yakkasaroyda zamonaviy bo...

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Vasila Alimova tomonidan mahallalarda bolalar uchun xavfsiz va zam...

Shahar - inson uchun: Toshkentda xavfsiz piyodalar o‘tish joylari ko‘paymoqda
24.07.2026, 15:45
Shahar - inson uchun: Toshkentda xavfsiz piyodalar...

Joriy yilning mart oyidan buyon Yo‘l harakatini tashkillashtirish markazi mutaxassislari Toshkentning turli tumanlarida ...

“Sebzor” mahallasida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi
24.07.2026, 10:48
“Sebzor” mahallasida keng ko‘lamli obodonlashtiris...

🚿Mahallada 1 240 metr uzunlikdagi sug‘orish tizimlari o‘rnatildi, 5 ta ko‘p qavatli uyning fasad qismi ta’mirlandi, 6 0...

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining yigirma beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
23.07.2026, 14:47
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining yigi...

📈Sessiyada poytaxtning ijtimoiy-iqtisodiy rivoji, aholi murojaatlari bilan ishlash, qonuniylikni ta’minlash hamda shaha...