
Toshkentdagi birinchi uch qavatli bino 1914-yilda G. M. Svarichevskiy loyihasi boʻyicha Sud institsiyalari uchun qurilgan.
Sovet davrida,
1930-yillarda binoda Oʻrta Osiyo universiteti joylashgan, keyinroq Oʻrta Osiyo
temir yoʻllari boshqarmasi joylashdi. Hozirda unda Oʻzbekiston temir yoʻllari
boshqarmasi joylashgan.
Binoga kirish Taras
Shevchenko koʻchasi tomonidan rejalashtirilgan, paraд fasad esa hovliga
qaratilgan.
Yakub Kolos koʻchasiga
bino orqa tomoni chiqadi.
Afsuski, bino madaniy
meros obʼyektlari roʻyxatiga kiritilgan boʻlsa-da, uning koʻrinishini osilgan
konditsionerlar buzmoqda, kirish eshigi esa alyukobond bilan qoplangan.

Sobiq Respublika iste’mol kooperatsiyasi uyi («O‘zbekbirlashuv») binosi 1974 yilda qurilgan. Majmu...

Markaziy bogʻ (sobiq Telman nomidagi bogʻ) roʻparasida joylashgan, oʻziga xos turkiston meʼmorchil...

Ko‘chaning umumiy uzunligi 2,1 kilometrni tashkil etadi, bu yerda aholi va sayyohlar uchun barcha ...

1865 yilda Anhorning chap sohilida, Qaytmas darvozasi yaqinida harbiy qal’a qurilgan. Baland yer u...