Mirzo Ulug`bek tumani hokimiyatning rasmiy sayti
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:
Fransiya elchixonasi binosi
Fransiya elchixonasi binosi

Barcha toshkentliklar Yahyo Gʻulomov va Istiqbol koʻchalari burchagida joylashgan Fransiya elchixonasi binosiga eʼtibor berishadi — chiroyli gʻisht terish uslubi binoning qadimiy va oddiy emasligidan dalolat beradi. 

Bu haqiqatan ham shunday. Sovet davrida bu yerda Shumilov nomidagi 60-maktab joylashgan edi, inqilobgacha esa qizlar uchun Mariinsk oʻquv yurtlari boʻlgan. 

 1900-yilda Rossiya imperiyasi Davlat kengashining Sanoat, fan va savdo departamenti «Toshkent shahrida Mariinsk ayollar oʻquv yurtini tashkil etish toʻgʻrisida»gi ishni koʻrib chiqdi va qizlar uchun taʼlim muassasalari yetishmasligini hisobga olib, yangi bino qurish haqida qaror chiqardi. 

Loyiha taniqli toshkentlik meʼmor Georgiy Mixaylovich Svarichevskiyga topshirildi. 

 Bino 1910-yil 8-sentabrda ochildi va unda ilgari ijaraga olingan uyda joylashgan ayollar oʻquv yurti koʻchib oʻtdi. 

Bunday oʻquv yurtlari Rossiya imperiyasining barcha guberniyalarida mavjud boʻlib, toʻrt sinf hajmida taʼlim bergan; dastur gimnaziya dasturiga mos kelgan. Ushbu taʼlim muassasalari Nikolay II ning onasi Mariya Fyodorovna homiyligida boʻlib, shuning uchun Mariinsk deb atalgan. Ularda ijtimoiy holati va diniy eʼtiqodidan qatʼi nazar, jumladan, kam taʼminlangan oilalardan boʻlgan qizlar qabul qilingan. 

 Mustaqillikdan keyin bino Fransiyaga topshirildi. Yangi egalar uni tarixiy qiyofasini saqlab restavratsiya qildilar, hududni obodonlashtirdilar va unda milliy anʼanalarda ayvon qurdirdilar. 

Bino Toshkentning tarixiy meʼmoriy yodgorliklari roʻyxatiga kiradi.

Shuningdek, qiziqarli joylar
Adliya vazirligi
Adliya vazirligi

Toshkentliklarga yaxshi tanish, Brodveydagi (Sayilgoʻx koʻchasi) binoda hozir Adliya vazirligi joyl...

«Sharq» baland binosi / O‘zA
«Sharq» baland binosi / O‘zA

O‘zSSRning 50 yilligiga bag‘ishlab yaratilgan bir qator ob’ektlar orasida 16 qavatli «Sharq» nashr...

«Xalqlar doʻstligi» saroyi
«Xalqlar doʻstligi» saroyi

Mamlakatning asosiy konsert va tantanali zallaridan biri boʻlgan «Xalqlar doʻstligi» saroyi 1981-y...

Inturist
Inturist

Sobiq «Inturist» madaniy-axborot markazi binosi 1986-yilda meʼmor Vladimir Narubanskiy loyihasi boʻ...