Sharofboy masjidi
XIX asr o‘rtalarida badavlat tatar
tadbirkori Sharofboy (Sharofiddin Boy) masjid qurdirgan, u bizgacha
qisqartirilgan ko‘rinishda yetib kelgan: 1970 yillarda Forobiy ko‘chasi
kengaytirilganda minora va panjaralarning bir qismi buzib tashlangan.
Bugungi kunda masjidning ichki qismi
suvoqlangan gumbazli binosi va o‘ymakor ustunli, shiftiga gul solingan hamda
devorlariga o‘yma naqshlar tushirilgan ayvon saqlanib qolgan.
Binoda xattotlik va qadimiy
qo‘lyozma manuskriptlarga oid eksponatlarga boy «Qo‘shtut» galereyasi
joylashgan.
Ayvonni rekonstruksiya qilish
jarayonida shiftning va ustunlarning bir qismi asl holida qoldirilgan.

Istiqbol va Shahrisabz ko‘chalari chorrahasida joylashgan go‘zal, qadimiy g‘ishtin bino toshkentli...

Shayx Zayniddin — Toshkentning muqaddas homiylaridan biri, XII asrda Bag‘dodda tug‘ilgan va otasi ...

17 qavatli «Oʻzbekiston» mehmonxonasi — poytaxtning eng tanish belgilaridan biri. Shahar markazida ...

Ko‘kaldosh madrasasi Chorsu maydonida, tepalikda joylashgan bo‘lib, hatto undan-da balandroq binola...