Mirzo Ulug`bek tumani hokimiyatning rasmiy sayti
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:
«Koʻk gumbazlar» kafesi
«Koʻk gumbazlar» kafesi

1970-yilda ochilgan kafe meʼmor Vili Islomovich Murotov, muhandis Ye. Platsman va rassom A. Kedrin loyihasi boʻyicha qurilgan. Ochilishi bilan kafe darhol mashhur boʻldi, uni butun toshkentliklar bilar edi — hatto ichkariga kirmaganlar ham.

Kafe shaharning oʻsha paytdan beri xalq orasida «Koʻk gumbazlar» deb atalgan bulvarida joylashgan.

Meʼmoriy tarixchi Boris Chuxovich «Oʻzbekiston XX asr meʼmorchiligining qora va qizil kitobi»da shunday yozadi: «Toshkentning emblematik binosi boʻlgan «Koʻk gumbazlar» kafesi Oʻzbekistonda modernizmning rivojlanishida burilish nuqtasi boʻldi — u tarixiy meʼmorchilikdan toʻgʻridan-toʻgʻri iqtiboslarga oʻtdi. Qurilgandan keyin professional doiralar tomonidan bir xil baholanmagan boʻlsa-da, bino tezda shahar vizual identifikatsiyasining bir qismiga aylandi».

«Toshkent» ensiklopediyasida kafe haqida shunday deyiladi: «Kompozitsiya markazi — qishki zal boʻlib, unga vestibyullar va yordamchi xonalar tutashgan. Yozgi zal-terrassa kompozitsiyani toʻldiradi. Tekis tomdagi, yuqoriga qarab ingichka boʻlib boruvchi ustunlar ustidagi gumbazlar binoning oʻziga xos hajm-fazo tuzilishini yaratadi. Binoni bezashda xalq meʼmorchiligining anʼanaviy dekorativ uslublari qoʻllanilgan. Savdo zalining maydoni 225 kv.m».

Mustaqillik yillarida kafe rekonstruksiya qilindi, lekin taniqli koʻrinishi saqlanib qoldi.

Yarim asr davomida koʻk gumbazlar Toshkentning odatiy va taniqli ramziga aylandi — ular shahar haqidagi barcha fotoalbomlarda va otkritka toʻplamlarida bor. Bir paytlar «Koʻk gumbazlar» sigaretasi ham ishlab chiqarilgan edi.

Shuningdek, qiziqarli joylar
Qoʻgʻirchoq teatri
Qoʻgʻirchoq teatri

Asrlar davomida maskarabozlar shahar va qishloq maydonlarida hazil-mutoyiba spektakllari koʻrsatib ...

Ieronim Krauze va Ipoteka-bank
Ieronim Krauze va Ipoteka-bank

Botanik va farmatsevt Ieronim Ivanovich Krauze 1870 yilda Toshkentga kelib, aptekachi bo‘lib ish bo...

Baroqxon madrasasi
Baroqxon madrasasi

2007 yilda maqbarasi yaqin atrofda joylashgan buyuk ilohiyotchi va alloma Qaffol ash-Shoshiy shara...

Konstitutsiyaviy sud binosi
Konstitutsiyaviy sud binosi

Sobiq Oʻzbekiston Kommunistik partiyasi Markaziy Qoʻmitasi binosi 1964-yilda qurilgan.Meʼmorlar: V....